QR Book sevice burchagi

Hozirgi kunda hayotimizga juda ko`p qulayliklar, yangi zamonaviy ko`rinishdagi loyihalar, yangi-yangi imkoniyatlar kirib kelmoqda.

Mamlakatimiz yoshlarini kitobga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturlardan unumli foydalanish maqsadida joylarda electron kitoblarni QR kodi orqali yuklab olish tizimi joriy etildi. 

SHuning bir debochasidek, institut Axborot-resurs markazida ham xodimlar tomonidan bir kichik loyiha amalga oshirildi.

         Ushbu “Elektron – innovatsion kutubxona”da institut kutubxonasidagi 400 ga yaqin kitobning elektron nushasi kiritilgan bo‘lib, ushbu kutubxonada talaba-o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida ham elektron kitob bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.

Foydalanuvchi telefonida kodni skaner qilib, taqdim etilgan havola orqali telegram kanalimiz: https://t.me/samvmiARM manzilidan o‘ziga kerakli adabiyotning elektron nusxasini bir zumda topishi va yuklab olishi mumkin bo‘ladi. “Elektron – innovatsion kutubxona” to‘g‘risida ma’lumot olish uchun talabalar uchun maxsus kutubxona bannerlari tayyorlandi. Ushbu kutubxona bannerlarida adabiyotlar va darsliklarning nomi va uni onlayn bazadan topish imkonini beruvchi QR kod joylashtiriladi. QR book innovatsion kutubxona loyihasining amalga oshirilishi natijasida QR kod orqali kitoblarni internet resurslaridan tez va oson topish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Talabalar o‘z smartfoni orqali QR code reader ilovasini yuklab olib mavjud kodlarni kitob QR kodini maxsus ilovasi yordamida o‘qitadi va kitobni onlayn ravishda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Xususan, Zooinjeneriya fakulteti 408 guruhi talabasi Baratov Kamol ushbu mobil dasturning qulayliklari haqida quyidagilarni keltirib o‘tdi. Bu biz uchun yangilik hisoblangan “Elektron – innovatsion kutubxona”ning juda ko‘p afzalliklari bor.

Jumladan, talabalar istalgan vaqt rejimida ushbu mobil ilovadan foydalanishlari mumkin. Kim xohlasa matnli shaklini bemolol o‘qib o‘rganib borishi mumkin. Ushbu qulayliklar hozirgi rivojlangan innovatsion asrda biz talabalarga kitob o‘qishimiz, undan o‘zimiz uchun kerakli ma’lumotlarni topishimizda juda asqotadigan texnologiya bo‘lib hisoblanadi.

Ushbu innovatsion loyiha yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish hamda ularning internetdan yanada samarali foydalanishlari uchun xizmat qiladi.

Zero, kitob — qalb chirog‘i, tafakkur qanoti. Ayniqsa, bosma kitobdan taralayotgan va elektron nashrdan topib bo‘lmaydigan o‘ziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida mo‘jizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan ko‘ngil cheksiz zavqqa to‘lgan holda, kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikrlashishning huzur-halovati tamoman o‘zgachadir.

Axborot-resurs markazi direktori              
Barchinoy Abdixalikova  
  
      

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *